Niko Uilyams «Barsa», «Real» va APL klublaridan qiziqish haqida gapirdi

Bilbaoning «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams top-klublardan biriga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar haqida o‘z fikrini aytdi.

21 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Bir necha bor xabar qilinganidek, ko‘plab gigantlar, jumladan «Real Madrid», «Barselona» va Angliya Premyer-ligasi vakillari vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

«Real Madrid, «Barselona» va Angliya klublari meni yaqqol kuzatayotgani men o‘z ishimni yaxshi bajarayotganimni anglatadi», – deya futbolchi so‘zlarini keltiradi Barca Times.

«Atletik» Niko Uilyams bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor, biroq haligacha kelishuvga erishilmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter