Niko Uilyams «Atletik» bilan shartnomasini uzaytirdi

Bilbaoning “Atletik” klubi hujumchisi Niko Uilyams klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda ispan jamoasi rasmiy saytida ma’lum qildi. Endi 21 yoshli futbolchining shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Asosiy jamoa tarkibida Uilyams barcha musobaqalarda 96 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

14 turdan so‘ng «Atletik» 25 ochko bilan La Liga turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter