Anri: «Karavaxal Grilish va Dokuga qarshi ajoyib tarzda himoyalandi»

Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Tyerri Anri «Real»ning o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxalning Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida «Manchester Siti»ga qarshi harakatlari haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Los-Blankos” penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

«Karavaxal juda erta sariq kartochka oldi, lekin u Grilishga qarshi, keyin esa Dokuga qarshi ajoyib tarzda himoyalandi. Dani – top o‘yinchi», – dedi Anri SBC Sports telekanalida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter