“Atletiko” yarim himoyachisi jarohat oldi

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Toma Lemar yana jarohat oldi.

Bu haqda El Desmarque xabar bermoqda. Fransiyalik futbolchi bu safar sonini shikastlab oldi. Shunday qilib, yangi jarohat Lemarga mavsumning qolgan o‘yinlarida maydonga tushishiga to‘sqinlik qilishi aniq.

Futbolchining maydonga qaytish vaqti noma’lum. Eslatib o‘tamiz, Lemar ayni damda so‘nggi o‘yinini 16 sentyabr kuni «Valensiya»ga qarshi o‘tkazdi.

O‘shandan beri «matraschilar» futbolchisi maydonga tushmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter