Anri: «Mbappe – yirtqich hayvon»
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Tyerri Anri «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlarini aytdi.
«Mbappe – yirtqich hayvon. Uning fransuz ekanligidan xursand bo‘laylik. Hamma bizga hasad qiladi. Har safar xorijga chiqqanimda, odamlar menga: «Fransiyada Mbappedek o‘yinchiga ega bo‘lgani uchun sen juda omadlisan», – deya Anri so‘zlarini keltirmoqda Le Parisen.
Joriy mavsumda 25 yoshli Mbappe barcha turnirlar doirasida 37ta o‘yinda maydonga tushib, 38ta gol urdi va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/