Enrike: «Ajoyib shou bo‘ladi!»

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv chorshanba kuni Chempionlar ligasi yarim finali doirasida bo‘lib o‘tadi va soat 00:00da boshlanadi.

«Betakror stadionda o‘zgacha o‘yindan zavqlanish va muxlislarimiz uchun finalga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish ajoyib.

Bu ajoyib shou bo‘ladi!» – deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter