«Liverpul» Salohni yozda qo‘yib yuborish niyatida emas

Qanot futbolchisi «Liverpul»da hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lishda davom etmoqda. Klub direktori Maykl Edvardsning fikricha, Saloh «Liverpul»ning kelajak rejalarining bir qismi bo‘lishi kerak.

Mavsum oxiriga kelib Saloh va uning agenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda vingerning kelajagi muhokama qilinadi va uning imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ammo hozirda «Liverpul» u bilan xayrlashish niyatida emas.

Avvalroq Saloh 2025 yilda amaldagi shartnomasi tugagach, «Liverpul»ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda futbolchi klub safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter