«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi.
Sport Bild xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» so‘nggi haftalarda «Bayer Leverkuzen» futbolchisi Jeremi Frimpong bilan aloqalarni kuchaytirgan.
Gap butun o‘ng qanot bo‘ylab – himoyadan hujumga qadar harakat qila oladigan futbolchi haqida ketmoqda. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 23 yoshli Jeremi Frimpongni 50 million yevroga baholamoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda niderlandiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 40 ta rasmiy o‘yinda 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/