Messi genetik jihatdan o‘zgartirilgan
Mashhur angliyalik sobiq futbolchi Jo Barton Lionel Messi haqida gapirdi.
«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi argentinalikni genetik jihatdan o‘zgartirilgan deb hisoblamoqda – bu Messining yoshligida o‘sish gormoni yetishmasligi sababli davolanganligi bilan bog‘liq.
«Messining ichida katta yulduzcha bor, chunki u yoshligida bo‘yi bo‘yicha steroid qabul qila boshlagan. Messi genetik jihatdan o‘zgartirilgan, shuning uchun familiyasining yoniga yulduzcha qo‘yish kerak.
Uning o‘sishiga yordam beradigan o‘sish gormoni va har xil dorilar berildi. Men bilishimcha, boshqa bunday holatlar bo‘lmagan», dedi Barton Common Sense podkastida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/