«Vulverxempton»ning sobiq yarim himoyachisi muxlislardan uzr so‘radi

«Vulverxempton»ning sobiq yarim himoyachisi Mateus Nunes jamoa muxlislaridan uzr so‘radi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi o‘tgan yozda “Manchester Siti”ga o‘tgandi.

“Shaharliklar” yarim himoyachi uchun 60 million yevro to‘lagan, biroq u hech qachon asosiy jamoaga tusha olmagan.

“Bilaman, “Vulverxempton” muxlislari mashg‘ulotlarga e’tibor bermaslik qarorimdan xafa bo‘lishsa kerak.

Uzr so‘rayman. Balki o‘shanda o‘zimni boshqacha tutishim kerak edi. Biroq, “Manchester Siti”ga o‘tish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadim.

Men xotirjam bo‘lishim kerak edi, lekin men bu transferni juda xohladim» – deya Nunesning so‘zlarini keltiradi jurnalist Jo Brey.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter