«Bavariya» sport direktori Maks Eberl Vensan Kompanining murabbiylik tajribasi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Belgiyalik sobiq futbolchi mavsum oralig‘ida Myunxen grandiga bosh murabbiy etib tayinlandi – u o‘z lavozimini tark etgan Tomas Tuxelning o‘rnini egalladi.

“Kompani futbolchilar bilan qanday muomala qilishni biladi va u kiyinish xonasi qanday ishlashini tushunadi. U shunchaki futbolchi emas, maydonda Pep Gvardiolaning o‘ng qo‘li edi. Vensanning to‘rt yillik murabbiylik tajribasi bor, lekin u sakkiz, to‘qqiz yoki o‘n yil oldin murabbiyga aylanib bo‘lgan», – deya Eberl so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/