Vinisius Mbappe haqida: «Bu shafqatsiz bo‘ladi»

Kilian Mbappe o‘zining yangi jamoasi «Real»da mashg‘ulotlarni boshlash arafasida. Madridliklar hujumchisi Vinisius Junior fransiyalik futbolchining tarkibdagi ko‘rinishi haqida fikr bildirdi.

«Bu shafqatsiz bo‘ladi. Umid qilamanki, biz ajoyib ishlarni qila olamiz. Biz Mbappega yordam berishimiz va u imkon qadar tezroq moslashishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Yangi jamoaga o‘tish har doim qiyin, ammo biz o‘tgan mavsumda maydonga tushib, darhol porlagan Jud Bellingemni eslaymiz. Umid qilamanki, Kilian bilan ham shunday bo‘ladi», – dedi Vinisius Marca bilan suhbatda.

14 avgust, chorshanba kuni «Real Madrid» UYEFA Superkubogi uchun «Atalanta»ga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter