UYEFA Ispaniya terma jamoasi futbolchilarini jazoladi

UYEFA Rodri va Alvaro Moratani Gibraltar haqida hayqirgani uchun jazoladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024 g‘alabasini nishonlash chog‘ida Ispaniya terma jamoasi futbolchilari «Gibraltar – ispan» deb hayqirgan edi.

UYEFA Rodri va Moratani «odobli xulq-atvorning asosiy qoidalarini buzganliklari, sport musobaqalaridan sportga xos bo‘lmagan bayonotlar berish uchun foydalanganlari» va «futbol sporti obro‘siga putur yetkazgani uchun» terma jamoaning bir o‘yiniga diskvalifikasiya qilishga qaror qildi.

5 sentyabr kuni Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Serbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvda Morata va Rodri Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter