Uilyam Gallas nima uchun «Chelsi» Konor Gallaxerni sotganini tushunmayapti.

«Konor Gallaxerni sotish transfer oynasidagi eng katta xatolardan biri bo‘ldi, klub nima uchun uni sotishga qaror qilganini bilmayman.

U klub sardori edi va ingliz futbolchilari bo‘lishi juda muhim. Ris Jeyms jarohat olganini inobatga olsak, hozir ularning asosiy tarkibida ikkita ingliz bor.

Yetakchilardan birini «Atletiko»ga sotishni tushunish qiyin. U jamoa uchun juda muhim edi va qolishi kerak edi»- dedi «Chelsi»ning sobiq himoyachisi Gambling Zone bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/