Bellingem «Real»ga o‘tganidin keyin o‘sishga erishdimi? Anchelotti javob berdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kecha Chempionlar ligasi doirasida «Shtutgart»ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan yarim himoyachi Jud Bellingemning holati haqida gapirdi.

«Bellingem «Real»ga o‘tganidan keyin o‘sdimi? O‘ylaymanki, Jud o‘tgan mavsum boshida hammani hayratda qoldirdi. Endi u juda yaxshi, yetuk harakat qiladi va katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bellingem biz uchun juda muhim futbolchi. O‘ylaymanki, u bu mavsumda ham xuddi o‘tgan mavsumdagidek samarali bo‘ladi», – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Joriy mavsumda Bellingem Ispaniya chempionatida bitta o‘yin o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter