«Barselona» ustozi Xansi Flik «Jirona»ga qarshi o‘yin oldidan Ansu Fati va Gavining holati haqida gapirdi.

“Biz Ansu Fati qaytganidan juda xursandmiz, yaqin haftalarda u jamoaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Gavining qaytishi jamoaga ijobiy ta’sir qiladi va u jamoa bilan mashg‘ulotlarda qisman ishtirok etadi. Uning maydonga tushishidan qanchalik hayajonlanganini ko‘rishingiz mumkin va bu barchaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, – dedi nemis mutaxassisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/