Levandovski: «Hozirgacha men har kuni ertalab hech qanday og‘riq sezmasdan uyg‘onaman»

«Barselona» va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski qachon professional faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytdi.

Forvard yoshini hisobga olib, 2-3 yil ichida faoliyatini yakunlashini va u uchun birinchi signal uyg‘onib, mashg‘ulotlarga borishni istamaganida bo‘lishini qayd etdi.

«Hozirgacha men har kuni ertalab hech qanday og‘riq sezmasdan uyg‘onaman. Umid qilamanki, bu davom etadi», – dedi Levandovski Forbes bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amalda bo‘lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter