«Real Madrid» yarim himoyachisi Federiko Valverde o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynash haqida gapirdi.

Aynan himoyaning o‘ng tomonida urugvaylik La Ligada «Leganes»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi, unda u gol urdi va jamoasiga g‘alaba qozonishga katta yordam berdi (3:0).

«Pandemiya davrida men «Liverpul»ga qarshi o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynaganman – o‘shanda asabiylashardim. O‘ylaymanki, bu safar biz uchun qiyinroq bo‘ladi, lekin biz tayyormiz,» – deya Valverdening so‘zlarini keltirmoqda Madrid Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/