De Yong «Barselona»dagi hozirgi rolidan mamnunligini aytdi
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Malyorka»ga (5:1) qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
27 yoshli futbolchi 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va gol va golli uzatmani amalga oshira oldi.
«Mening jamoadagi rolim? Men sabrli bo‘lishim va vaziyatni tushunishim kerak. Yaxshilanish uchun ko‘p mehnat qilishda davom etaman. Keling, ishlar qanday ketayotganini ko‘ramiz.
Biz g‘alabali yo‘lga qaytganimizdan xursandmiz. Ayniqsa, oxirgi natijalarimizni hisobga olsak, g‘alaba qozonish biz uchun muhim edi. Gol urish har doim yoqimli», – deya Frenki de Yong so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/