Grem Suness Koul Palmerning «Chelsi»dagi o‘yinini yuqori baholadi.

“Ishonchim komilki, “Man Siti” pul ishlashi mumkin bo‘lgan boshqa futbolchilar ham bor. «Chelsi» Palmer uchun 40 million funt to‘ladi, lekin u hali ham hozir ko‘rsatayotgan darajada bo‘lsa, kelasi yozda «Real»dan 150 million funt sterling taklif qilsalar, hayron bo‘lmayman.

U yosh futbolchi, shuning uchun xulosa chiqarishga hali erta, lekin agar Palmer shu darajani saqlab qolsa va u kabi barqaror o‘ynay olsa, u top futbolchiga aylanadi.

Menga uning fe’l-atvori ham yoqadi. O‘yinchi haqida uning gollarga qanday munosabatda bo‘lishi bilan ko‘p narsalarni aytib berish mumkin va Palmer to‘pni darvozaga joylab qo‘yganida aqldan ozmaydi», – dedi «Liverpul»ning sobiq futbolchisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/