Shirer «Manchester Siti» ustozi Gvardiolaning boshidan kechirganlari haqida gapirdi
Angliya terma jamoasi va «Nyukasl» sobiq hujumchisi Alan Shirer ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiolaning «Manchester Siti»ning halokatli natijalaridan xavotirlari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«Gvardiola ham hamma kabi inson. Murabbiylarning 99 foizi ko‘tarilish va pasayish davrlani boshdan kechiradi. Pep kechalari uxlamaydi, bu unga juda og‘ir botadi. Uning jamoasini bu holatda ko‘rish biz uchun odatiy hol emas. Ha, uning o‘zi ham bunga o‘rganmagan. Bu bir necha hafta ichida hal qilinadi deb o‘ylamayman», – dedi Shirer.
Angliya Premyer-ligasining 15-turidan so‘ng “Manchester Siti” 27 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/