Pioli «Inter»ning «Milan»dan mag‘lub bo‘lgani haqida fikr bildirdi

O‘tmishda «Inter» va «Milan» jamoalarini boshqargan Stefano Pioli «rossoneri»ning derbidagi g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Lautaro bor «Inter» va Lautarosiz «Inter» — bular ikki xil jamoa. Menimcha, bunday sardorga ega bo‘lish har qanday murabbiy uchun ulkan ustunlik hisoblanadi. Maydonda doimo butun vujudi bilan o‘yinga beriladigan, har bir to‘p uchun kurashadigan, uchrashuvni mislsiz hissiyot va ishtiyoq bilan o‘tkazadigan, har qanday yo‘l bilan jamoasiga yordam berishga intiladigan futbolchining borligi haqiqatan ham ajoyib fazilatdir. Unga raqib bo‘lgan paytlarimda ham doimo uni hurmat qilganman», — deya Piolining so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

Pioli 2024 yilda Italiya chempionatini tark etgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter