A Seriya. «Yuventus» «Napoli»ni mag‘lub etdi
«Yuventus» Italiya chempionatining 10-turida o‘z maydonida «Napoli»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda hisob 70-daqiqada ochildi. Turinliklar yarim himoyachisi Kerim Alaybegovich jamoasini oldinga olib chiqdi. Besh daqiqadan so‘ng «Napoli» futbolchisi Luka Marianuchchi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
87-daqiqada Jeremi Boga «Yuventus»ning ikkinchi golini kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng 17 ochko to‘plagan «Yuventus» turnir jadvalida yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. 14 ochkoga ega «Napoli» esa sakkizinchi pog‘onaga tushib ketdi.
Keyingi turda «Napoli» o‘z maydonida «Lasio»ni qabul qiladi. «Yuventus» esa safarda «Fiorentina»ga qarshi bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/