Paulu Fonseka «Lion»ni tark etib, «Sporting»ni boshqarishga yaqin

«Lion» bosh murabbiyi Paulu Fonseka faoliyatini Portugaliyaning «Sporting» klubida davom ettirishi kutilmoqda.

Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Lissabon klubi portugaliyalik mutaxassisni tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

«Sporting»ning amaldagi bosh murabbiyi Ruy Borjesh kelasi hafta lavozimini tark etishi kutilmoqda.

L’Equipe nashri xabar berishicha, Fonsekaning ketishi «Lion»ga maoshlar uchun ajratiladigan xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Mutaxassis noyabr oyidagi xalqaro tanaffus davrida fransuz klubidan ketishi mumkin.

«Lion» esa uning o‘rniga Tiago Mottani bosh murabbiy etib tayinlash variantini ko‘rib chiqmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter