«Milan» Menyanga o‘rinbosar topib qo‘ydi

Massimiliano Allegrining iste’fosi Mayk Menyanning klubdagi kelajagini so‘roq ostida qoldirmoqda. O‘tgan yili fransiyalik darvozabonni jamoada qolishga ko‘ndirish faqatgina Allegri kelganidan keyin imkonli bo‘lgan edi. Endilikda «Milan» A Seriyadagi besh yillik faoliyatidan so‘ng Maykning ketishiga tayyor turibdi.

Hattoki unga munosib nomzod ham tanlab qo‘yilgan — bu Germaniyaning «Frayburg» klubi posboni Noa Atubolu.

Pianetamilan.it nashrining aniqlik kiritishicha, agar klub sport direktori lavozimini kutilganidek avstriyalik mutaxassis Ralf Rangnik egallasa, Atuboluning transferi amalga oshishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter