«Chelsi» Menyan uchun «Milan»ga taklif bilan chiqdi

«Chelsi» «Milan»ga Mayk Menyan transferi bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

«Chelsi» Mayk Menyanni sotib olish niyatida «Milan»ga rasman murojaat qildi. Fransiyalik darvozabon haligacha “rossonerilar” bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q, London klubi esa vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Menyan uzoq vaqtdan beri «Chelsi»ning ustuvor maqsadlari ro‘yxatida bo‘lgan, tomonlar muzokaralarni boshlashgan», – deb yozadi Fabrisio Romano.

Menyanning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter