Ronald Arauxo hujumchilikdan himoyachilikka o‘tishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

«Barselona» sardori Ronald Arauxo futbolchilik faoliyatining dastlabki yillarida hujumchi sifatida to‘p surganini esladi. Urugvaylik futbolchi keyinchalik qanday qilib markaziy himoyachiga aylangani haqida Barca Universal nashriga gapirib berdi.

«Hammasi asta-sekinlik bilan yuz berdi. Yoshligimda hujumda o‘ynashni va gol urishni yaxshi ko‘rardim, lekin yoshim ulg‘aygani sari meni maydonda ortga sura boshlashdi. Urugvay chempionatida o‘ynab yurgan kezlarim, murabbiy mendan bir o‘yinda markaziy himoyada sinab ko‘rishni iltimos qildi. O‘shanda 20 daqiqa ichida hech kim meni aldab o‘ta olmagandi. O‘shandan beri himoyachiman», — deydi Arauxo.

Futbolchi o‘z murabbiyining o‘sha vaqtdagi maslahati uning taqdirini hal qilganini ta’kidlaydi: «Murabbiyning gaplari haligacha yodimda: «Agar hujumda o‘ynamoqchi bo‘lsang, o‘rtamiyona futbolchi bo‘lib qolasan. Agar top-darajaga chiqmoqchi bo‘lsang, himoyada o‘yna». U meni shu tariqa ko‘ndirgandi».

Eslatib o‘tamiz, Arauxo 2018 yilda «Boston River»dan xarid qilingan. U o‘tgan mavsumda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Ba’zi uchrashuvlar so‘ngida esa murabbiylar shtabi uni hujum chizig‘iga ham o‘tkazib turadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter