Rafinya va Arauxo terma jamoa o‘yinlaridan so‘ng «Osasuna»ga qarshi bahsga ulgurishi mumkin

«Barselona» futbolchilari Rafinya Dias va Ronald Arauxo Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida qoldirilgan «Osasuna»ga qarshi o‘yinga ulgurishi mumkin.

25 martdan 26 martga o‘tar kecha kuni Urugvay Boliviyaga qarshi saralash uchrashuvini o‘tkazadi (Toshkent vaqti bilan 01:00).  
26 mart kuni Braziliya Argentina bilan bahs olib boradi (05:00).
27 mart kuni «Barselona» o‘z maydonida «Osasuna»ni qabul qiladi.  

Diario Sport xabariga ko‘ra, Rafinya va Arauxo o‘yinlardan so‘ng Madridning «Real» va «Atletiko» klublari futbolchilari bilan birgalikda Buenos-Ayresdan xususiy samolyotda Ispaniyaga yo‘l oladi.  

Samolyot uchadigan futbolchilar ro‘yxati:

Xose Ximenes, Federiko Valverde (Real)
Nauel Molina, Rodrigo De Pol, Anxel Korrea, Xulian Alvares (Atletiko)
Endrik, Vinisius Junior (Real)

Boliviya – Urugvay o‘yini Argentina – Braziliya bahsidan bir necha soat oldin tugaydi, bu esa urugvaylik futbolchilarga Buenos-Ayresga yetib kelish uchun imkon beradi.

Rafinya va Arauxo 27 mart kuni kechga borib Barselonaga yetib kelishi kutilmoqda. Ular «Osasuna»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushishi mumkin.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter