Flik: «Rafinya va Arauxo o‘ynamaydi»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ronald Arauxo va Rafinya Ispaniya chempionati doirasida bo‘lib o‘tadigan «Osasuna»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkinmi degan savolga javob berdi.
Oldinroq qoldirilgan o‘yin 27 mart, payshanba kuniga belgilangan. Arauxo va Rafinya Urugvay va Braziliya terma jamoalaridan kech qaytishadi.
«Rafinya va Arauxo o‘ynamaydi. Ularni uzoq parvoz kutmoqda va bu tiklanishning eng yaxshi yo‘li emas. Ronald so‘nggi o‘yinda maydonga tushmadi, ammo jarohatidan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazgani yaxshi. Keling, ular keyingi o‘yinga, yakshanba kungi o‘yinga qanday tayyor ekanliklarini ko‘ramiz», – dedi Flik matbuot anjumanida.
«Barselona» – «Osasuna» uchrashuvi 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/