The Athletic nashri APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi nufuzli The Athletic talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Ushbu mavsumda Brunu Fernandesh «MYU» safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra «Manchester Yunayted» Angliya chempionatida uchinchi o‘rinni egallaydi. Ayni paytda jamoa hisobida 68 ochko bor, ammo so‘nggi turdagi «Brayton»ga qarshi uchrashuv turnir jihatidan ahamiyat kasb etmaydi.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» so‘nggi beshta APL uchrashuvida to‘rtta g‘alaba qozonib, bir marta durang o‘ynadi.
Manba: sports.kz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
