Palmer «Chelsi»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lganini aytdi

«Chelsi» hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi kim ekanini aytdi.

Angliyalik yarim himoyachi Moyses Kaysedoning xizmatlarini e’tirof etdi. Ekvadorlik futbolchi yakshanba kuni «Liverpul»ga qarshi o‘yinni to‘liq o‘tkazib, «ko‘klar»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

«Kaysedo – bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchimiz. U bilan o‘ynash – orzu. U doim raqiblardan to‘pni olib qo‘yadi, u hamma bilan muloqotda kamtar va yoqimtoy, uni bu yerda juda yaxshi ko‘rishadi,» – deya Koul Palmerning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter