«BBC» dunyoning ayni vaqtdagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi

Yaqinda «BBC» rasmiy sahifasida so‘rovnoma o‘tkazilib, unda hozirgi vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomzodiga ovoz berish taklif qilindi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, «Liverpul«ning misrlik forvardi Muhammad Saloh katta farq bilan g‘alaba qozondi. U respondentlarning 83 foiz ovozini to‘pladi. Ikkinchi o‘rin va bor-yo‘g‘i to‘qqiz foiz «Real» yulduzi Kilian Mbappega, to‘rt foiz Vinisius Juniorga, ikki foiz Lamin Yamalga tegishli. Shuningdek, boshqa o‘yinchilar jami ikki foiz to‘plashdi.

Saloh «Liverpul»ni chempionlik sari yetaklamoqda, 32 yoshli vinger joriy mavsumda APLda 25 ta va barcha musobaqalarda jami 30 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter