«Bavariya» «Siti»dan ketayotgan futbolchiga da’vogarlik qilmoqda
«Bavariya» klubi Jon Stounzni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda Daily Mail jurnalisti Mayk Kigan.
Mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etadigan 31 yoshli himoyachi Myunxen klubiga erkin agent maqomida o‘tishi mumkin. Biroq futbolchiga nafaqat Angliyaning o‘zida, balki uning tashqarisidagi boshqa jamoalar tomonidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Joriy APL mavsumida Stounz bor-yo‘g‘i 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
