«Chelsi» 100 mln yevroga baholangan ispaniyalik futbolchiga da’vogarlik qilmoqda

«Portu» hujumchisi Samu Agexovo Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

21 yoshli futbolchini «Tottenxem» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, bu haqda avval ham bir necha bor xabar berilgandi. Bundan tashqari, TEAMtalk xabariga ko‘ra, istiqbolli hujumchiga «Chelsi» da’vogarlik qilmoqda. London grandlarining ikkisi uchun ham narx masalasi muammo bo‘lishi mumkin: ispaniyalik futbolchining shartnomasida 100 mln yevro tovon puli ko‘rsatilgan – «Portu» muhim o‘yinchini arzonroqqa sotishni istamayapti.

Samu Agexova joriy mavsum «ajdarlar» safida o‘nta o‘yinda sakkizta gol urdi. Portugaliya grandining hujum chizig‘idagi hozirgi yetakchisi 2024 yilning yozida «Atletiko»da o‘ynaganida «Chelsi»ga o‘tishga yaqin edi. Shartnoma so‘nggi pallada barbod bo‘ldi va birozdan so‘ng «matraschilar» hujumchini «Portu»ga qo‘yib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter