«Manchester Siti» markaziy himoyachisi yana sobiq klubiga qaytishi mumkin
«Manchester Siti» himoyachisi Jon Stouns Premyer-ligada jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Uning sobiq klubi «Everton» angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Liverpul shahri klubi Stounz masalasida «Manchester Siti» bilan muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. «Shaharliklar» klub bilan 1 yillik shartnomasi qolgan 30 yoshli markaziy himoyachining jamoadan ketishiga qarshilik qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Jon Stounzni 2016 yilning avgustida «Everton»dan sotib olgan edi. Tajribali futbolchi bu mavsumda jamoa safida maydonga tushgan 20 ta rasmiy o‘yinda 3 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/