Di Natale: «Levandovski A Seriyada og‘zida sigareta bilan ham gol ura oladi»

«Udineze» va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Di Natale Robert Levandovskining «Barselona»dan A Seriyaga ehtimoliy transferi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

«Kelgusi mavsumda Levandovskini Italiyada ko‘rishni istardim. Men butsalarimni 38 yoshimda mixga ilganman, u esa hozir 37 yoshda va haqiqiy gol mashinasi bo‘lib qolmoqda. A Seriyada u hatto og‘zida sigareta bilan ham yana bir necha mavsum gollar urishi mumkin edi», — deya Di Natalening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Gazzetta dello Sport.

Qayd etish lozimki, «Milan» va «Yuventus» anchadan beri polshalik yulduzni kuzatib borishmoqda va allaqachon uning agenti bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborishgan. Joriy mavsumda Levandovski 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter