Levandovski: «Bu Xavining oilasi uchun ham oson bo‘lmadi»
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Xavining tez orada jamoani tark etishi haqida gapirdi.
Avvalroq, 44 yoshli mutaxassis 2023/24 yilgi mavsum yakunida «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi.
«Xavi mavsum oxirigacha bizning murabbiyimiz bo‘ladi va biz uchun o‘z ishimizga e’tibor qaratish juda muhim. Bu Xavi uchun qiyin hissiy bosqich bo‘lganini tushunaman. Uning uchun «Barselona» klubdan ko‘ra ko‘proq. Uning oilasi uchun ham oson bo‘lmaganini tushunaman», – deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi Kataloniya klubi rasmiy sayti.
26 turdan keyin “Barselona” 57 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam “Real”dan farq 8 ochkoni tashkil etadi.
3 mart kuni «Barselona» safarda «Atletik»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/