«Barselona» Levandovski jarohati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Shanba kuni «Barselona» «Selta»ni 4:3 hisobida yengdi, biroq Robert Levandovskidan ayrildi – polshalik hujumchi ikkinchi bo‘limda jarohatlanib, o‘rniga boshqa o‘yinchi tushirildi. Endi Kataloniya klubi futbolchining ahvoli haqida bayonot berdi.

«Yakshanba kuni o‘tkazilgan tekshiruvlar Robert Levandovskining chap yarim pay mushaklari shikastlanganini tasdiqladi,» – deyiladi «Barselona» xabarnomasida.

«Barselona» 36 yoshli Levandovskining tiklanish muddatini ma’lum qilmayapti. Ammo ba’zi manbalar tiklanish uchun 3 hafta vaqt ketishini yozmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter