Eron terma jamoasi jahon chempionati oldidan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkaza olmaydi
Eron terma jamoasi Angola va Shimoliy Makedoniya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdan voz kechishga majbur bo‘ldi va hozircha uning turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun raqibi yo‘q. Bundan tashqari, murakkab siyosiy vaziyat tufayli jamoaning turnirda ishtirok etish-etmasligi borasida ham hali aniq to‘xtamga kelinmagan.
derbyderbyderby.it nashrining Eron manbalariga tayanib xabar berishicha, Angola va Makedoniya tomonining rad javobi sabablari — faqatgina siyosiy xarakterga ega. Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Makedoniya 2018 yildan beri NATO a’zosi hisoblanadi. Angola esa yirik neft qazib oluvchi davlat sifatida iqtisodiy jihatdan G‘arb davlatlari bilan chambarchas bog‘langan va ularni ortiqcha g‘azablantirishni istamaydi. Shu sababli, katta ehtimol bilan, ular «ortga chekinishgan».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
