Eron terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish taklifini rad etdi
Mart oyida terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Eronda o‘tkazilgach, javob o‘yini o‘zaro kelishuv bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tishi lozim edi.
Ammo rossiyalik futbolchilar mart oyidagi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin, Erondagi sharoitlar va umuman, tashkilotchilikni tanqid qilishlari natijasida, Eron futbol federasiyasi Rossiyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmasligini bildirgan.
Shuningdek, Rossiya futbol ittifoqi oktyabr FIFA kunlari uchun Braziliya, Xitoy va BAA kabi terma jamoalardan ham rad javobini olgan.
Noyabr FIFA kunlaridagi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Senegal, Tanzaniya, Sudan, Seyshel orollari va Zanzibar terma jamoalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/