Pogba: «Pirlo — Rolls-Royce, Skoulz esa — Lamborghini»
«Manchester Yunayted» va «Yuventus» klublari sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba ikki afsonaviy xavbek — Andrea Pirlo va Pol Skoulzning o‘yin uslublarini o‘zaro qiyosladi.
«Pirlo va Skoulzni solishtirish? Skoulz ancha agressiv edi, u ko‘plab qizil kartochkalar olgan. Pirlo esa uslubiy jihatdan va xotirjam harakat qilardi. Andreaning hech qachon raqibdan to‘p olib qo‘yish uchun kurashga (podkatga) kirishib ketganini ko‘rmaysiz. Men Pirloni ko‘proq Rolls-Royce’ga, Skoulzni esa Lamborghini’ga o‘xshatgan bo‘lardim», — dedi Pogba Rio Ferdinandning podkastida.
Ma’lumot uchun, Pol Pogba 2012 yildan 2015 yilgacha «Yuventus»da Andrea Pirlo bilan birga to‘p surgan. Pol Skoulz bilan esa 2011-2012 yilgi mavsum davomida «Manchester Yunayted» safida birga harakat qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
