Skoulz: «Fernandesh mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak»

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz «mankunianliklar» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh haqida fikr bildirdi.

Uning fikricha, «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda (3:3) qo‘ldan boy berilgan g‘alaba uchun Fernandesh javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi uchrashuvda «Manchester Yunayted» 3:1 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqargandi.

«Bugun u shaxsan ikkita xatoga yo‘l qo‘ydi, gollarga olib kelgan ikkita ahmoqona qoidabuzarlik qildi. Butun jamoa, jumladan sardor sifatida Fernandesh ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak», – dedi Skoulz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter