«Borussiya» klubi «Vest Xem» himoyachisini sotib olmoqchi

Dortmundning «Borussiya» klubi «Vest Xem» himoyachisi Konstantinos Mavropanosni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Sky Germany nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, gresiyalik himoyachiga Bundesliga va APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Mavropanosning «Vest Xem» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Biroq futbolchi «yangi chorlovlar» izlamoqda va shu yozda jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Konstantinos Mavropanos «Vest Xem» safida jami 97 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter