«Manchester Yunayted» va «Vest Xem» yaponiyalik darvozabonni sotib olmoqchi

Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» klublari 22 yoshli yaponiyalik darvozabon Zion Sudzukini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar «Parma» darvozabonini kelasi mavsum uchun o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Sudzuki o‘tgan mavsumni A Seriyada yaxshi formada o‘tkazdi – u 37 o‘yinda maydonga tushdi va sakkiz marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Shu bilan birga, u 55 ta seyvni amalga oshirdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Italiya chempionatida eng yaxshi bo‘ldi va butun Yevropada faqat bitta darvozabonga – yaqinda «Barselona»ga o‘tgan Joan Garsiyadan ortda qoldi. Bir yil avval «Parma» Suzukini Belgiyaning «Sent-Tryuyden» klubidan 8,2 mln yevroga sotib olgandi. Hozirda «Transfermarkt» uni 20 mln.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter