«Real» gresiyalik futbolchiga qiziqmoqda

OAV xabariga ko‘ra, «Real Madrid» «Volfsburg»dan gresiyalik markaziy himoyachi Konstantinos Kuliyerakisni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, skautlar futbolchining rivojlanishini anchadan buyon kuzatib borishgan. Nemis klubi grek uchun kamida 40 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Kuliyerakisning «Volfsburg» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Konstantinos Kuliyerakis 2024 yilda “Volfsburg”ga kelib qo‘shilgandi. Futbolchi Germaniya jamoasi safida Bundesligada 19 o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter