Viyeyra «Arsenal» o‘yinidagi muammolarni tahlil qildi
Londonning «Arsenal» klubi sobiq yulduzi, mashhur Patrik Viyeyra jamoaning hozirgi muammolari haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Arsenal» mavsum boshidagi o‘yin sozlamalariga qaytishi kerak. O‘shanda jamoa sovuqqon edi, vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilardi, imkoniyatlar yaratib, gollar urardi. Hozirda esa ular oldinga intilmasdan, to‘pni shunchaki nazorat qilishga haddan tashqari berilib ketishgan», — deya Viyeyraning so‘zlarini keltiradi Metro nashri.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
