Viyeyra fransuz klubi muxlislariga sabrli bo‘lishlari kerakligini aytdi

«Kristal Pelas»dan ishdan bo‘shatilganidan so‘ng fransiyalik mutaxassis Patrik Viyeyra «Strasburg»da ish boshladi. Jamoa chempionatni yaxshi boshlagan bo‘lsa-da, so‘nggi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, umuman olganda, so‘nggi beshta o‘yinda bor-yo‘g‘i to‘rt ochko to‘pladi.

Hozircha iste’fo haqida gap yo‘q, ammo klub rahbariyatida savollar bor. O‘z uyida «Nant»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoa va Viyeyra muxlislar tomonidan tanqil qilindi.

«Biz ishlarga kengroq, kelajakka qarashimiz kerak. Biz muhim o‘yinchilarni yo‘qotdik, yangi yoshlar yetishib chiqishi uchun vaqt kerak. Men uchun bu darhol ayon bo‘ldi», – deya Viyeyra so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter