Viyeyra italyan klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi
«Jenoa» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan fransiyalik mutaxassis Patrik Viyeyra Italiya klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Viyeyraning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Eslatib o‘tamiz, Patrik «Jenoa» boshqaruviga 2024 yilning kuzida kelgandi.
O‘tgan Italiya chempionati yakunlariga ko‘ra, Genuya shahri jamoasi 38 ta uchrashuvda 43 ochko to‘pladi. Viyeyra shogirdlari A Seriya turnir jadvalida 13-o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/