Luis Dias: «Hakam Kamavingani chetlatib to‘g‘ri qaror qabul qildi»

«Bavariya» hujumchisi Luis Dias «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing maydondan chetlatilishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hakam Kamavingani chetlatib to‘g‘ri qildi. Biz jarima zarbasini tezroq ijro etmoqchi edik, u esa to‘pni qo‘yib yubormadi», — dedi Dias El Chiringuito nashriga bergan intervyusida.

Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvida «Bavariya» 86-daqiqagacha — Kamavinga qizil kartochka olguniga qadar — o‘z uyida «Real»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi. Shundan so‘ng Germaniya grandi ikkita gol urib, 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Yarim finalda «Bavariya» Fransiyaning «PSJ» jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi juftlikda esa Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter