Luis Dias «Liverpul»ni tark etishga qaror qildi
«Liverpul» hujumchisi Luis Dias «mersisaydliklar» klubi rahbariyatiga yozda jamoani tark etish istagi haqida ma’lum qildi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi «Liverpul»dagi davri o‘z nihoyasiga etganiga ishonmoqda va klub rahbarlaridan uni sotishni so‘ragan. Bu «Liverpul» «Bavariya»ning hujumchini transfer qilish taklifini rad etganidan keyin sodir bo‘ldi. Myunxen klubi 28 yoshli futbolchi uchun 67,5 million yevro to‘lashga tayyor edi, biroq ingliz klubi bu taklifni qabul qilmadi.
2024/25 yilgi mavsumda Dias «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/